Qorako‘z Majnun
Издательство | «Sano-standart» | |
Автор | Said Ahmad | |
Формат | 84×108 1/32 | |
Страница | 232 | |
ISBN | 978-9943-4621-4-4 | |
Год | 2016 |
Ushbu kitobda xalqimizning suyukli adibi, hayoti ibratlarga to‘la, mustahkam iroda sohibi Said Ahmadning ayrim hikoyalari o‘rin olgan. Deyarli har bir hikoyada o‘quvchi o‘zligini, qalbidagi imon-e’tiqod, ona-yurt, o‘zgalarga hurmat, mehr-muruvvat tuyg‘usini yo‘qotmagan insonlar bilan uchrashadi, ulardan nimadir oladi.
Описание
Описание
Ona yurtimizda istiqlol e’lon qilinganda atoqli adibimiz Said Ahmad 72 yoshda edi. Keksa bo‘lishiga qaramay, u hammani lol qoldirib, xuddi yoshlardek yeng shimarib, g‘ayrat-shijoat bilan ijodiy hamda ijtimoiy faoliyatini davom ettirdi. Chin badiiy iste’dod keksalikni tan olmaydi, degan naqlni adibimiz amalda isbot etayotir. Istiqlol arafasidagi Shinjon safarini mustasno etganda Vatanidan tashqariga chiqmagan adib Hindiston, Amerikaga safarlar qildi, odatdagidek, ona yurtini kezishda davom etdi, safar taassurotlari, istiqlol yillaridagi o‘zgarishlar haqida ko‘plab maqolalar, ocherklar yozdi. Mustaqillikning quvonchli yillarida ham, g‘animlar qutqusi tufayli yurt boshiga tushgan qayg‘uli damlarda ham hamisha qat’iyat bilan bugungi istiqlol fidoyilarining oldingi safida turdi. Oqsoqol adibning turli anjumanlarda, radio va televideniyedagi chiqishlarida topib aytgan har obrazli dono so‘zi xalq qalbiga o‘tib borgani, og‘ziga tushganiga o‘zimiz guvoh…
Adib avvalgidek quvnoq, jo‘shqin hajviyalar, o‘ychan, g‘amgin, fojeiy, ayni paytda, dilbar lirik hikoyalar yaratishda davom etdi. Birin-ketin «Xandon pista», «Bir o‘pichning bahosi», «Yo‘qotganlarim va topganlarim» kabi kitoblari, yangi saylanma asarlari chop etildi. Ustozi Abdulla Qahhordan meros qolgan Do‘rmondagi bog‘ hovlisi tengdosh qalamkash do‘stlari, son-sanoqsiz shogirdlari uchun allaqachon o‘ziga xos «Majolis-un nafois» – adabiy, hayotiy, dilkash muloqotlar dargohiga aylangan.